Tuman hokimligi apparati
Tuman hokimligi apparatida jami 24 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Bular Tuman hokimining beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosarlari, ularning besh nafar bosh mutaxassislari, tashkiliy-nazorat guruhi, umumiy bo‘lim, buxgalteriya bo'limlaridan iborat. Tuman hokimligida vazifalar taqsimoti tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etiladi.
Tuman hokimligi apparati:
- soxalar va xududlarda o‘tkazilayotgan isloxotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta’minlaydi.
- hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyixalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil kiladi. Yuqori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining maxalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va nazoratini tashkil qiladi.
- tuman hokimligi vakolatiga taallukli masalalar bo‘yicha taxliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va muloxazalarni umumlashtiradi. Tuman hokimligi apparati bo‘linmalari faoliyatiga Tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va xujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Yangiariq tumani hokimining qishloq va suv xoʼjaligi masalalari boʼyicha oʼrinbosari
Yangiariq tumani hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi