Eshmatov Elyor Xaytbayevich
Qabul kuni Seshanba kuni
Tel: +998 94 642 30 00
2024 yil 24 apreldan:
Yangiariq tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Tug‘ilgan yili: 07.08.1985
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati, Shovot tumani
Millati: o‘zbek
Partiyaviyligi: yo'q
Ma’lumoti: oliy
Tamomlagan: 2009 y. Urganch davlat universiteti (kunduzgi)
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:Arxitektor, Quruvchi
MEHNAT FAOLIYATI
2009-2010 yy. -Urganch shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi loyiha ishlab chiqarish va arxitektura rejalashtirish byurosi mutaxassisi
2010-2012 yy. - Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish boshqarmasi mutaxassisi
2012-2013 yy. - Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi iqtisodiyot va qurilishni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi
2013-2013 yy. - Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi shahar va axoli punktlarini rejalashtirish va qurish bo‘limi boshlig‘i
2013-2016 yy. - Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi Yangibozor tumani arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i, tuman bosh arxitektori
2016-2018 yy - Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi Urganch shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i, shahar bosh arxitektori
2019 -2021 yy. - Xorazm viloyati qurilish bosh boshqarmasining Shovot tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i-tuman bosh arxitektori
2021-2023 yy - Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Yashnobod tuman kurilish bo‘limi boshlig‘i.
bosh Axitektor
2023-2024 yy - Toshkent shaxar Kurilish bosh boshkarmasining Jismoniy va yuridik shaxslar
murojatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
2024 y.h.v - Yangiariq tumani hokimining kapital qurilish, ommunikatsiyalar va kommunal
xo‘jalik ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Kapital qurilishda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o‘rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Tasarrufidagi idoralarda yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ta’minlaydi. Investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi, byudjet mablag‘lari hisobiga barpo etilgan ob’ektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishda, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
Hududda er va shaharsozlik davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha tashkiliy-xuquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Qurilishlar bosh rejasi amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek, qishloqlar, aholi punktlari qurilishida me’yor va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohatlarni chuqurlashtirishning borishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Kommunal xizmatlar raqobat bozorini shakllantirishga imkoniyat yaratadi. Muhandislik ta’minoti tizimlari doimiy ishlab turishini tashkil etadi.
Transport va aloqa sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi, ijro etuvchi hokimiyat tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etishga ko‘mak beradi.
Yo‘llar ta’minotiga, transport inshootlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suv hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlari obodonlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Majmuaga kiruvchi sanoat korxonalari, qurilish industriyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy yordam beradi.
Kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha majmua faoliyatiga rahbarlik qiladi:
Quyidagi tuman tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:
-tuman «Obodonlashtirish» boshqarmasi
-tuman arxitektura va qurilish bo‘limi;
-Yangiariq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi;
-Uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
-tumandagi barcha kurilish va ta’mirlash tashkilotlari;
-tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi;
-avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish karxonalari;
-«Yangiariq transt» mas’uliyati cheklangan jamiyati
-Barcha mulkchilik shaklidagi transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar
-tuman elektr tarmoklari karxonasi;
-"O‘zbekiston pochtasi” OAJ Yangiariq pochta aloqa tarmog‘i;
-«Yangiariqtumangaz» filiali;
-Tuyamo‘yin-Urganch mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish
boshqarmasi Yangiariq tuman bo‘limi
-tuman mahalliy sanoat karxonalari;
-tuman qishlok xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash va qayta
ishlash karxonalari;
-Uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi qarorlari, viloyat va tuman hokimi qarorlari hamda farmoyishlari ijrosini o‘z tasarrufidagi tashkilotlarda hamda idoralarda takomillashtirishga va mustahkamlashga rahbarlik qiladi.
скачать dle 10.6фильмы бесплатно