Matyaqubov Dilshod Farxodovich
Matyaqubov Dilshod Farxodovich
2024 yil 28 - Fevraldan:
Yangiariq tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tug‘ilgan yili: 23.06.1984
Tug‘ilgan joyi: Xorazm viloyati, Bog'ot tumani
Millati: o‘zbek
Partiyaviyligi: yo'q
Ma’lumoti: oliy
Tamomlagan: 2008 y. Jizzax politexnika instituti (kunduzgi)
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash
MEHNAT FAOLIYATI
2008-2010 yy. - Xorazm viloyati inkossatsiya boshqarmasi texnika xavfsizligi va mehnatni muxofaza qilish bo’yicha mutaxassisi
2010-2012 yy. - Xorazm viloyati inkossatsiya boshqarmasi mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi bo’yicha II-toifali mutaxassisi
2012-2016 yy. - Respublika Inkossatsiya xizmati Xorazm viloyat boshqarmasi mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi bo’yicha II-toifali mutaxassisi
2016-2019 yy. - “Xorazm tezkor avto” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
2019-2020 yy. - “Yusupboy Kurdik trans” mas’uliyati cheklangan avtotransport bo’limi boshlig‘i
2020-2020 yy. - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati xududiy boshqarmasi
tasarrufidagi “Tadbirkorlikka ko’maklashish markazi” unitar korxonasi
Yangiariq tumani bo’linmasi rahbari
2020-2023 yy. - Yangiariq tumani Axoli bandligiga ko’maklashish markazi rahbari
2023 2024 yy - Yangiariq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo’limi boshlig‘i
2024-2024 y - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Bog‘ot tuman bo’limi boshlig‘i
2024-- x.v - Yangiariq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari
MAJBURIYATLAR
tumanlar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni ta’minlashda shaxsiy ma’suliyati belgilanganligi:
Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora- tadbirlarni amalga oshirish;
umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish;
oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini,
o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, "ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli
chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida "oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring - olib borish va baholash. kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini taminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi xamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangam yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish topshirilganligi;
- Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mexnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan cog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori, texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi extiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;
aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el etakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportning ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarda xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
aholining turmush madaniyatini, xayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-kizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish belgilanganligi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:
aholi o‘rtasida mamalakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohatlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida xududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining ma’naviy-ahloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro
mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarni maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, xududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish topshirilganligi.
tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ikki tomonlama - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil demartamenti. Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Sog‘likni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari, bo‘ysunuvida bo‘lishi belgilab qo‘yilganligi;