YER MUNOSABATLARI SOHASIDA ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA
Joriy yil 6 sentyabrda Prezidentimizning “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-135-sonli farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo’lib-bo’lib to’lashga ruhsat berildi.
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
b) barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlang‘ich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno;
v) yer uchastkalari eng yaxshi taklifni tanlash asosida baholovchi tashkilot aniqlaydigan bozor qiymatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinganda, ushbu yer uchastkasi uchun quyidagi shakllardan birida hisob-kitob qilinishi mumkin:
yer uchastkasining qiymatini bevosita to‘lash, shu jumladan, ushbu bandga muvofiq bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi.
Farmon bilan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilishi;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi, bunda yer uchastkasida joylashgan kapital qurilish obyektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq bo‘lishi shartligi belgilab berildi.;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda), ularni baholash, auksion savdolari uchun boshlang‘ich narxini aniqlashda, qurilish sohasida ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga yuklamani hisoblashda, soliq stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda inobatga olinishi belgilab berildi.
Mazkur Farmonga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi berildi.
Shunungdek, loyiha tashkilotlari yangi massiv barpo etiladigan hududni tanlash, yer uchastkalarini qurilish uchun tayyor holatga keltirish, hududni zonalashtirish va uning master rejasini ishlab chiqish, yer uchastkalarini lotlarga bo‘lgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish ishlarini tashkil etishi belgilab berildi.
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish” AJ Xorazm viloyati
hududiy vakili R.Kuryazov