Маҳаллани номлаш бўйича таклиф
O`zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to`g`risida”gi qonuniga o`zgartirish va qo`shimcha kiritish haqidagi 799-sonli qouniga ko`ra geografik obyektlarga nom berish va nomini o`zgartirish to`g`risida takliflar tayyorlash jarayonida mazkur hududda joylashgan mahalliy aholining fikri va takliflari inobatga olinishini hisobga olib, ushbu qonunning 10-moddasiga asosan “G‘altak” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan mahallaning amaldagi nomini “Sharq”, “Turkiston” yoki “Baraka” qilib o`zgartirish yuzasidan Yangiariq tumani hokimligiga taklif kelib tushgan va mazkur masala jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmoqda.
Ushbu taklifga asosan Siz “G‘altak” mahallasining nomini “Sharq”, “Turkiston” yoki “Baraka” nomlaridan biriga o‘zgartirishga o‘z munosabatingiz yoki e’tiroz va takliflariningizni bildirishingiz mumkin.