Ma’muriy jazo qo‘llanish muddatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida Ma’muriy jazo qo‘llanish muddatlari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida, agar ushbu moddaning ya’ning ma’muriy javobgarlik kodeksining 36-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmagan bo‘lsa, ya’ni huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yil o‘tmagan bo‘lsa qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxona munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i U.Navruzov