IXCHAM VA SAMARALI DAVLAT BOSHQARUV TIZIMINI YARATISH MAʼMURIY ISLOHOTLARNING USTUVOR YOʻNALISHI
So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbarining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va O`zbekiston xalqiga murojaatnomasida “avval – inson, keyin jamiyat va davlat” – degan fiklari orqali bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri naqadar ulug` va yuqori pog`onaga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
Murojaatnomada 2023-yil “Insonni ulug`lash va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinib, kelgusi yil uchun asosiy ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Bunda, davlatimiz rahbari tomonidan birinchi yoʻnalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtishni taklif qildi va “qoʻl boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga oʻtish vaqti kelganini, vazirlik va idoralar sonini esa hozirgi 61 tadan 28 taga kamaytirish lozimligini alohida taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, Murojaatnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Mazkur hujjat bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlarini 30 foizgacha maqbullashtirish va adolatli mehnatga haq toʻlash tizimi joriy etish belgilandi.
Farmonda qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan Hukumat aʼzosi boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, Hukumatning ijro etuvchi tuzilmasida oʻzgarishlar amalga oshirildi, uning tarkibidagi bir nechta tuzilma tugatildi, Vazirlar Mahkamasi tizimini
21 ta vazirlik tashkil etishi belgilab berildi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 24 ta vazirlik mavjud, 12 ta davlat boshqaruv organi tugatilishi, ularning vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazilishi belgilandi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab ixcham, professional boshqaruv tamoyillariga asoslangan va samaradorlikka yoʻnaltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarni oʻz ichiga oladigan yaxlit tizim shakllantirilishi qayd etildi.
Bu kabi ma’muriy islohotlar albatta mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining vazifa va funksiyalarini takrorlanishini oldi olinishi, fuqarolar ayni bitta masala bo`yicha bir nechta tashkilotlariga murojaat qilishlari, ortiqcha byurokratiya, korrupsiya va manfaatlar to`qnashuvi oldi olinishiga xizmat qiladi.
Rasulbek IBRAGIMOVXorazm viloyat adliya boshqarmasi bo`lim boshlig`i