QURGAN JOYIMNI QONUNIYLAShTIRSAM BO‘LADIMI?
Agar siz bu yerni hokim qarori yoki auksion orqali olmagan bo‘lmasangiz bu joyni o‘zingizga rasmiylashtirib ola olmaysiz. Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga asosan Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qo‘rish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
❗️O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
O‘zboshimchalik bilan imorat qo‘rish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim/
❗️Bu vaziyatda siz bu yerni auksionga chiqarishni so‘rab hududiy kadastr bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim. Ular joyni o‘rganib hududni auksionga chiqarsa siz bu joyni auksion orqali sotib olishingiz mumkin bo‘ladi.