Qishloqlardagi chet tillarini o‘rgatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
❗️Qishloqlardagi chet tillarini o‘rgatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022 y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
🔰Reglamentga ko‘ra, subsidiya (https://t.me/huquqiyaxborot/12074) nodavlat ta’lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
🔹bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
🔹zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.
📝 Nodavlat ta’lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasigacha YaIDXPda elektron ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.
✅ Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
▫️2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;
▫️mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
▫️pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
▫️pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
▫️ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).
🚫 Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
❕Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.
Mazkur tartib 2022 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.
Bog'ot tuman adliya bo'limi.