UMUMTA’LIM MUASSASALARI O‘QITUVChILARIGA QO‘ShIMChA HAQ TO‘LOVLARI.
UMUMTA’LIM MUASSASALARI O‘QITUVChILARIGA QO‘ShIMChA HAQ TO‘LOVLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.12.2005 yildagi 275-sonli Qarorning 4-bandiga asosan (https://lex.uz/docs/941876) umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
➖ 15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz ya’ni 242 880 so‘m;
➖ 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz ya’ni 290 720 so‘m;
➖ 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz ya’ni 339 480 so‘m;
➖ 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz ya’ni 387 320 so‘m;
➖ 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz ya’ni 485 760 so‘m;
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz ya’ni 80 960 so‘m , 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz ya’ni 161 920 so‘m.
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz ya’ni 161 920 so‘m.
❗️Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
Bog'ot tuman adliya bo'lim.