"YOShLAR DAFTARI" GA KIRITILGAN TALABALARGA TO‘LOV-KONTRAKT SUMMASINI BIR QISMINI TO‘LAB BERILADI
"YOShLAR DAFTARI" GA KIRITILGAN TALABALARGA TO‘LOV-KONTRAKT SUMMASINI BIR QISMINI TO‘LAB BERILADI
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022 y.) qarori bilan tasdiqlangan "Yoshlar daftari" ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida" gi nizomning 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra quyidagi toifalar:
➖"Temir daftar" ga kiritilgan oila farzandi;
➖"Ayollar daftari" ga kiritilgan ayollar farzandi;
➖"Ijtimoiy himoya yagona reestri" AT ga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
➖"Mehribonlik" uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlagan o‘quvchi-talaba;
➖Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlagn oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam ta’minlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida:
▫️bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
▫️magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talablarga to‘lov kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
✅ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (15.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
❗️To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish:
➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖qo‘shma ta’lim dasturlari;
➖tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Bog'ot tuman adliya bo'limi.