Prezidentimiz Farmoni talabi bo‘yicha “Sport targ‘ibotchilari” belgilandi
Yangiariq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifa funtsiyalardan kelib chiqib, Markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilib kelinayotgan tuman irrigatsiya, maktabgacha ta’lim, madaniyat, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari hamda Yangiariq tuman hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2020 yildagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni talablari asosida huquqni qo‘llash amaliyoti monitoring qilindi.
O‘tkazilgan monitoring davomida yuqorida qayd qilingan tashkilotlarda Prezidentimizning yuqorida qayd qilingan farmonlari talablariga to‘liq rioya qilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilib kelinayotganligi aniqlandi.
Xususan, Farmonning 13-bandida “2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida:
sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga «Sport targ‘ibotchisi» qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilsin”-deb belgilangan bo‘lsada, monitoring kunigacha Yangiariq tuman irrigatsiya, maktabgacha ta’lim, madaniyat bo‘limlari hamda Yangiariq tuman hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasida ushbu farmonning 13-bandi talabi bo‘yicha tashkilotda ishlab kelayotgan xodimga sport targ‘ibotchisi vazifasi qo‘shimcha vazifa sifatida yuklanmasdan va ustama to‘lanmasdan kelingan.
Bundan tashqari, Yangiariq tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan esa bo‘limning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiriga joriy yilning aprel oyi uchun uning ish haqiga sport targ‘ibotchisi vazifasi yuklatilganligi uchun 20 foiz ustama ya’ni 247422 so‘m ustama puli hisoblanmasdan va to‘lanmasdan qoldirilgan.
O‘tkazilgan monitoring bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangiariq tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29 iyundagi PQ-5168-son qarori bilan tasdiqlangan “Tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandi talabidan kelib chiqilib, Yangiariq tuman irrigatsiya, maktabgacha ta’lim, madaniyat, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari hamda Yangiariq tuman hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi rahbarlari nomiga Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritildi va natijada, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan to‘lanmasdan qoldirilgan 247422 so‘m ustama puli to‘lanishi ta’minlandi, shuningdek, yuqorida qayd qilingan tashkilotlarda esa “Sport targ‘ibotchisi” vazifasini xodimga yuklatish choralari ko‘rildi.
Yangiariq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov