FIRIBGARLIK NIMA VA BU QILMISH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD
Firibgarlik so'zlarni ishlatishda yoki xatti-harakatlarda haqiqatni noto'g'ri ko'rsatishni anglatadi. Shuningdek, firibgarlik noto'g'ri yolg'on ayblovlar va oshkor etilishi kerak bo'lgan faktlarni yashirish hisoblanadi. Firibgarlik adolatsiz yoki noqonuniy daromad yoki foyda olish niyatida ataylab aldaydi.
Firibgarlik turli xil turlarga kiradi, ba'zilari soxta bahona bilan o'g'rilik kabi keng tarqalgan, boshqalari bank firibgarligi, sug'urta firibgarligi yoki qalbakilashtirish kabi maqsadli qurbonlardir.
O`zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga asosan Firibgarlik – bu oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritishdir.a
Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksiga koʻra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
— BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
— 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi ogʻirlashishi mumkin.
Firibgarlik komputer texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa:
— BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln soʻmdan 90 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
— 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa:
— BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
— 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa:
— BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln soʻmdan 180 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
— 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
mas’ul xodimi