Yangiariq tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Orifjon Abdullayev tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalarda aholi turmush tarzini yaxshilash, mahallalarni obod qilish, ko‘chalarni keng va ravon qilish maqsadida “Yangiobod” va “Savgan” mahallalaridagi bir nechta ko‘chalarga tosh yotqizildi. Xususan “Yangiobod” mahallasining J.Manguberdi ko‘chasining 1030 metr qismiga mayda tosh yotqizilishi orqali shu ko‘chadagi 48 ta xonadonda yashovchi 216 ta aholi va shu ko‘chadan qatnovchi aholining quovonchiga quvonch qo‘shildi.
Shu bilan cheklanib qolmasdan, “Savgan” mahallasining Samarqand va Nurafshon ko‘chalarining umumiy 1300 metr uzunlikdagi qismiga tosh tashlandi. Ko‘chada 67 ta xonadonda 301 ta aholi istiqomat qiladi, shu kungacha noqulay ob-havoda mazkur aholi ko‘chalarning loyligidan changligidan qiynalib kelishgan. Mahalladagi "Zarbdor Tagan" fermer xo‘jaligi rahbarining homiyligida qilingan ushbu ishlardan maktab o‘quvchilarining va aholiming quvonchi ko‘kka yetdi.