YANGI KONSTITUTSIYADA TIBBIY YORDAMNING KAFOLATLARI
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda..
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi, barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda.
Barchamizga ma’lumki, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma qarori bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, Konstitutsiyaviy komissiya o‘z faoliyatini
«Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan g‘oya asosida olib boradi. Komissiyaga aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasida vazifalar qo‘yildi.
Yangi Konstitutsiyamizning loyihasida fuqarolarning tibbiy yordam olishdagi kafolatlari bo`yicha ham normalar nazarda tutilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida har bir fuqaroning sog`lig`i muhofaza qilinishi hamda malakali tibbiy xizmatdan faydalanish huquqi belgilangan.
Bunda, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o`z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olish huquqiga ega.
Shu bilan birga, fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatilishida davlatning ham majburiyatlari belgilangan bo`lib, unga ko`ra sog`liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug`urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart sharoitlar yaratish bo`yicha zarur choralar ko`rishi alohida belgilab qo`yilgan.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan o`z takliflaringizni bildirishingiz va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo`lmasligingiz so`rab qolamiz.
Rasulbek IBRAGIMOVXorazm viloyat adliya boshqarmasiyetakchi maslahatchisi