ДИҚҚАТ ТАНЛОВ
📣📣📣Diqqat e'lon!
Aziz yurtdoshlar!
Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayli” o'tkaziladi!
🗓 Tadbir 6-may kuni Yangiariq tumanida joylashgan “Mustaqillik” nomli istirohat bogʻida boʻlib oʻtadi.
“Adliya sayli” doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
🏆🏃♀️🏃 Tadbir soat 8:30 da “Sogʻlom turmush tarzi uchun 5.000 qadam "HUQUQIY MARSH" bilan boshlanadi.
⏰ Soat 10:00 da "Adliya sayli"ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
🗣🔰Saylda “Huquqiy maslahat” aksiyasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari, notariuslar, advokatlar hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Bundan tashqari, viloyatimizdagi idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlarining turli xil koʻrinishdagi yarmarkalari bilan chiqishlari belgilangan, shular qatorida
📑📇bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi
va fuqarolar uchun
🩺🔬bepul tibbiy ko'rik ham joy olgan.
⚽️🤼🏋️ Sayl dasturidan ishtirokchilar oʻrtasida turli sport musoboqalari va milliy oʻyinlar oʻrin olgan.
🤝 Bundan tashqari, sayl dasturi doirasida “Biz siz bilanmiz!” aksiyasi eʼlon qilinib, mahallada istiqomat qiluvchi yolgʻiz, keksa, yordamga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinishi rejalashtirilgan.
💻Shu bilan birga, tadbir doirasida saylga tashrif buyuruvchilarga DXM va FHDY xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
🦼 Bu hali hammasi emas, bu yerda, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga oʻz hunarmandchilik buyumlarini namoyish etishlari uchun yarmarka tashkil qilinib, ularga tadbirkorligini rivojlantirishda ajoyib imkoniyat yaratiladi.
🗣🎤 Shu bilan birga, tadbir davomida taqdim qilingan imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlik sohasida faoliyatini boshlagan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va "Yoshlar daftari"dan chiqarilib, farovonlik sari yoʻl olgan fuqarolar tomonidan motivatsion suhbat, master klasslar oʻtkaziladi.
🎁 Saylda ishtirokchilarning bilim darajasini mustahkamlashga qaratilgan savol-javob, huquqiy viktorinalar hamda test sinovlari oʻtkazilib, gʻoliblar estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
🎤📸🎙Tadbir doirasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur o'tkazilishi rejalashtirilgan.
🎼🎺🎤 ENG ASOSIYSI tadbir davomida hayriya konsert dasturi ham boʻlib oʻtadi.
Barchani “Adliya sayli”da kutib qolamiz!