Жисмоний ва юридик шахслар диққатига!
Davlat Budjeti Hisobidan Yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun
Soliqdan Imtiyoz
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi “Ish beruvchilar ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to’langan ijtimoiy soliq summasini davlat budjetidan to’liq qoplab berish tartibi to’g’risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 460-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman moliya bo’limi va tuman soliq idoralarining ma’sul xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzildi.
Ular tumandagi tadbirkorlik subektlariga yoshlar bandligini ta’minlash orqali budjetga to’langan ijtimoiy soliq summasi to’liqligicha davlat budjetidan qoplab berilishi bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.
Bugungi kungga kelib tumanimizda 138 ta tadbirkorlik subektlarining 1115 nafar 25 yoshdan oshmagan ishchi xodimlari bo’lib, ularga 145,8 mln so’m davlat budjetida qoplab berish rejalashtirilgan. Hozirgacha 82 ta tadbirkorlik subektlari ishchilariga 61,2 mln so’m mablag’davlat budjeti tomonidan qoplab berilishi taminlandi.
Davlat Budjeti Hisobidan Subsidiya Kimlarga Beriladi?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-mart “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tartibi to’g’risida”gi 182-sonli qarori ijrosini Yangiariq tuman moliya bo’limi taminlab kelmoqda. Qaror bo’yicha Yangiariq tumanida 2022-yil uchun 98 ta fuqaroga jami 3 mlrd 136 mln so’m mablag’ uy-joy sotib olish uchun boshlang’ich badalni davlat budjeti hisobidan to’liq qoplab berish rejalashtirilgan va reja bo’yicha 98 ta fuqaroga subsidiya berish bo’yicha ijobiy xulosa berildi. Subsidiya- daromadi yuqori bo’lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang’ich badal yoki kredit foiz to’lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan mablag’.
Subsidiyalar faqatgina ariza beruvchining ro’yhatdan o’tgan hududi bo’yicha beriladi.Bu turdagi subsidiyalar faqatgina 18 yoshdan uy joy sharoitini yaxshilashga muxtoj oilalarga, og’ir ijtimoiy holatdagi xotin-qizlarga, mamlakat ijtimoiy hayotida faol yoshlarga va shu toifadagi O’zbekiston fuqarolariga ajratiladi.
Subsidiya ariza topshirgan har bir talabgorga berilavermaydi.Bunda ma’sul tashkilotlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya tegishli mezonlar asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniy ekanini baholaydi.
- ichki ishlar va moliya vazirligi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- bandlikka ko’maklashish markazi;
- kadastr korxonasi;
- mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi;
- yoshlar ittifoqi tuman kengashi;
- tuman (shahar) hokimliklari;
- ishtirok etuvchi tijorat banklari;
Baholashda talabgor va uning oilasi daromadi,turar-joy maqomi,ijtimoiy himoyaga muhtojligi, shuningdek,oilada nogironligi mavjud bo’lgan shaxslar inobatga olinadi.
Subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- passport;
- oila a’zolaring pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi va farzandlarining tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
- nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to’g’risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to’g’risida FHDYO organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
- doimiy yashash joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
- doimiy yashash joyidan uy daftarning yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo’yicha) nusxasi;
- ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari hamda ma’lumotnoma (qo’shimcha daromadlar bo’lsa soliq deklaratsiyasi).
Subsidiya olishda eng qulayi- Elektron hukumatning
my.gov.uz portal orqali ariza yuborish.