“Ayollarimiz huquqlari to'g'risida nimalarni bilamiz”
Mamlakatimizda xotin-qizlarimizni jamiyatdagi rolini oshirish bo'yicha bir qator imtiyoz va kafolatlar belgilangan shu bilan birga ularning huquqlarini himoya qilish, tiklash bo'yicha bir qator qonunlarimiz, Prezidentimiz qaror, farmonlari qabul qilingan.
Bizni to'xtalmoqchi bo'lganimiz O'zbekiston Respublikamizning Mehnat kodeksida belgilangan huquq va kafolatlari mavzusi.
Mehnat kodeksida xotin-qizlarni huquq va ijtimoiy kafolatlari 27 ta moddada belgilingan va shundan XIV BOBning to'liq bir qismi Ayollarga beriladigan qo'shimcha kafotlatlarga bag'ishlangan.
Endi shu moddalardagi huquq, imtiyoz, ijtimoiy kafolatlarga to'xtaladigan bo'lsak, bunda tashkilotlarda jamoa shartnomasida ayollar va o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikini ta'minlash belgilangan.
Ishga qabul qilishda ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmasligi;
Homilador ayollar, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmasligi;
uch yoshga to'lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining qisqartirilgan muddat belgilanishi;
Ta'til berishda ham ayollarga — homiladorlik va tug'ish ta'tili oldidan yoki undan keyin ularning xohishi bo'yicha olti oy o'tmasdan oldin berilishi;
Shuningdek, ta'tillarni berish navbati va vaqtida ham o'n to'rt yoshga to'lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg'iz onaga (beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg'iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga ta'til ularning xohishiga ko'ra yozgi yoki ular uchun qulay bo'lgan boshqa vaqtda berilishi kerakligi;
Ikki yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga, o'n ikki yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili o'n to'rt kalendar` kunga qadar ularning xohishiga ko'ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta'til berilishi;
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog'ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan ellik besh yoshga to'lgan ayollarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil qilishi shartligi belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, kodeksning XIV bobida esa, Ayollar mehnatini qo'llanish taqiqlanadigan ishlar, Homilador ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazish, Ikki yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazish, Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi ishlarda ayollar mehnatini qo'llanishni va ularni xizmat safariga yuborishni cheklash, Uch yoshga to'lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan tashkilotlar va muassasalarda ishlayotgan ayollarning ish vaqtining qisqartirilgan muddatiga bo'lgan huquqi, Ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg'ul shaxslarga to'liqsiz ish vaqti belgilash, Ayollarga yillik ta'tillarni berish navbatini belgilashdagi imtiyozlar, O'n ikki yoshga to'lmagan bolasi yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun qo'shimcha ta'tillar, Homiladorlik va tug'ish ta'tillari, Bola ikki va uch yoshga to'lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta'tillar, Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar, Homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar, Onasiz bolalarni tarbiyalovchi shaxslarga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar belgilab o'tilgan.
Shu bilan birga shuni ta'kidlash lozimki yuqorida qayd qilib o'tilgan talablarni buzganlik uchun ish beruvchilarga O'zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasida ma'muriy javobgarlik belgilab qo'yilganligini esmizdan chiqarmasligimiz kerak.
Yangiariq tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i U.Navruzov