Adliya vazirligi xabar qiladi.
Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha umummilliy imtihon o’tkaziladi.
Xabaringiz bor, Аdliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan edi.
Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o’tkaziladi.
Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo’lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.
Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15 fevraldan 28 fevralga (shu kuni ham) qadar ro’yxatdan o’tish talab etiladi.
️ Imtihon ikki bosqichdan iborat:
1-bosqich – onlayn test, 1 mart soat 09.00 dan 13.00 gacha bo’lib o’tadi.
2-bosqich – suhbat, 4 mart soat 10:00 da tashkil etilib, 3 nafar g’olib aniqlanadi.
Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o’tkazing va sovrinlarni qo’lga kiriting.
Yangiariq tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi