"Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy" tadbirlari davom etmoqda
Yangiariq tuman adliya bo’limi va yuridik xizmat ko`rsatish markazlari bilan hamkorlikda "Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan tumandagi tibbiyot birlashmasida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir davomida xotin-qizlar huquqlari, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlar bo’yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Yangiariq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig'i U. Navruzov