“Maqsadimiz qonuniylikni ta’minlash”
Tumanimizda yuridik xizmat ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshlaganiga ham 3 oyga yaqin vaqt bo’ldi. Shu davrda Yangiariq tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-5168-sonli qaroriga asosan markaz tomonidan yuridik xizmat ko’rsatilib kelinayotgan tashkilotlari tomonidan joriy yilning 1 oktyabr kunidan 23 dekabr kunigacha bo’lgan davrda ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuzilgan shartnomalarning markazdan huquqiy xulosa olingandan keyin tuzilishining amalga oshirilishi tahlil qilindi.
O’tkazilgan tahil davomida markaz tomonidan yuridik xizmat ko’rsatilayotgan ayrim davlat organlari va tashkilotlari tomonidan hanuzgacha yuqorida qayd qilingan qaror talablariga rioya qilmaslik holatlariga yo’l qo’yilib kelinayotganligi aniqdandi.
Jumladan, Yangiariq tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuzilgan 3 ta shartnomalar yuridik xizmat ko’rsatish markazining hxuquqiy xulosasi olinmasdan tuzilib g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazilgan.
Xususan, “Xayit Аbdullo ” MChJ bilan tuman xalq ta’limi o’rtasida 4 oktyabrda tuzilgan 5-sonli pudrat shartnomasi va 5 oktyabrdagi 22.411.550 so’mlik qo’shimcha kelishuv, “Ishonch va Ishonch-doverie” gazetalari tahririyati bilan 27 oktyabrda tuzilgan X-1581-sonli 608.400 so’mlik, "HUDUDGAZTA`MINOT" AJ bilan tuzilgan shartnomaga 16 noyabrdagi 4.818.000 so’mlik 13-7/166-sonli qo’shimcha kelishuvlarni tashkil qiladi.
Shuningdek, tahlil davomida Yangiariq tuman irrigatsiya bo’lim tomonidan 1 ta ya’ni “Uzagrosug’arta” АJ Yangiariq sug’urta markazi bilan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi 2021 yil 6 oktyabr kungi 120.000 so’mlik 12-09/05711000024-sonli shartnoma ham markaz xulosasi olinmasdan g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazilib, to’lov amalga oshirilishiga yo’l qo’yilganligi ma’lum bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarorining 6-bandida esa, “Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko’rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo’l qo’yilmasligi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emasligi hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilangan.
Yangiariq tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i U.Navruzov