Hurmatli OAV, jurnalist va blogerlar!
Joriy yilning 14 dekabr kuni Yangiariq tumani hokimligining majlislar zalida Yangiariq tumani hokimining tuman aholisiga murojaati bo'lib o'tadi.
Unda Yangiariq tumani hokimi Davletov Anvar Kenjayevichning 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yo'nalishlar to'g'risida tuman aholisiga murojaat yo'llaydi.
Shuningdek, shu kuni tumanimizda faoliyat ko'rsatib kelayotgan ishlab chiqarish korxonalariga press-tur tashkil etiladi. Bundan tashqari, Yangiariq tumani tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yarmarkasi va tumandagi bo'sh ish o'rinlari "Mehnat yarmarkasi" o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
Shu munosabat barcha OAV, jurnalist va blogerlarni taklif etib qolamiz.
Murojaat uchun telefon: +99899-965-99-86. 62-38-55-775.
Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati.