Mahalliy aholining fikri va taklifi inobatga olinmoqda
Mahalliy aholining fikri va taklifi inobatga olinmoqda
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320 modda;), “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y, 17-son, 219-modda) va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y, 41-son, 448-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlar, posyolkalar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegeralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ulaming nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y, 10-son, 107-modda), “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 2-noyabr O‘RQ-799-sonli) qonunlariga asosan geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasiga “G‘altak” mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashining 2024-yil 30-sentabrdagi 12-sonli yig‘ilish bayonnomasini o‘rgangan holda tumandagi aholi punkti tarkibiy qismini (mahallalar, shoh ko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlar) (keyingi o‘rinlarda matnda “geografik obyektlar” deb yuritiladi) qayta ko‘rib chiqish natijalaridan kelib chiqib, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi hamda Xorazm viloyati komissiyasining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni ekspertizasidan o‘tkazish” ekspert komissiyasining 2024-yil 17-dekabrdagi 05-19-01-5882-sonli xulosasi ma’qullash va tasdiqlash bo‘yicha xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2025-yil 19-martda VII-7-37-12-179-K/25 sonli qaroriga asosan tumandagi “G‘altak” mahallasining nomi “Turkiston” deb o‘zgartirildi.