Tumanda yirik loyihalarni amalga oshirish amaliy ishlar boshlandi
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Yangiariq tumanida 2 ta yirik loyiha amalga oshirilishi belgilangan edi.Xususan, “Yangiariq teks klaster” MChJ tomonidan umumiy qiymati 208 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan “Sochiq ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Yangiariq tumani hokimi Anvar Davletov tashabbuskorlar bilan birgalikda mazkur loyihani tumandagi Boyot mahallasi hududida joylashgan Erkin iqtisodiy zonasi xududida joylashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida tumanda 3 ming tonna tayyor sochiq mahsuloti ishlab chiqarilishi va 150 ta yangidan ish o‘rni yaratilishi ta’minlanadi.
Yangiariq tumani xokimligi matbuot xizmati.