Yangiariq tumanida yangi bepul Wi-Fi hududi tashkil etildi
Yangiariq tumanida yangi bepul Wi-Fi hududi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari ijrosi doirasida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan Yangiariq tumanining “Hunarmandlar markazi”da Wi-Fi hududi tashkil etilgan bo‘lib, bepul va pullik simsiz internet xizmatlari koʻrsatilib kelinayotgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2024-yil 28-iyun kuni yoshlar siyosatiga bagʻishlanib oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqqa asosan “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali tomonidan viloyatdagi bir qator istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarda, shu jumladan Yangiariq tumanining Mustaqillik madaniyat va istirohat bog‘ida xam 2 ta nuqtada Wi-Fi hududi bepul/pullik (bepul internet tezligi 1 Mbit/sek va pullik internet tezligi 10 Mbit/sek) tashkil etilib, internet xizmatidan foydalanish imkoni yaratilgan.
Ushbu Wi-Fi xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashi nazoratga olingan boʻlib, nosozliklar va uzilishlar aniqlangan taqdirda Wi-Fi xizmatlarini koʻrsatuvchi telekommunikasiya operatorining 1084-qisqa raqamiga, 62-228-22-22 Ishonch telefonga hamda O‘zkomnazorat inspeksiyasining 1144-qisqa raqamlariga murojjat qilishlaringiz mumkinligini bildiramiz.