Tuman haqida ma'lumot
Yangiariq tumani g‘arb tomondan Xiva tumani bilan, shimol tomondan Xonqa tumani bilan, sharq tomondan Bog‘ot tumani bilan va janub tomonidan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Tuman markazidan viloyat markazigacha bo‘lgan masofa
25 km.ni tashkil qiladi.
Mavjud aholi soni
2017-yil 1-yanvar holatiga 110213 nafar kishiga teng bo‘lib, aholi zichligi
1 kv.kmga 382 kishidan to‘g‘ri keladi. Aholining 12.6 foizi tuman markazi (shaharcha) da,
87.4 foizi qishloqlarda yashaydi.
Tuman dengiz sathidan 120-150 metrgacha balandlikda joylashgan. Tuman hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli, yoz kunlari harorat 43
o-45
o S darajaga ko‘tariladi