QONUNChILIGIMIZDA BOLANI MAKTABGA YUBORMAGAN OTA-ONAGA JAVOBGARLIK MAVJUD
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga to‘sqinlik qilish holatlari) yuzasidan ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Ushbu ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun ularga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha (330.000 so‘mdan 1.650.000 so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilagan.
Shuningdek, mazkur moddaning 2-qismida esa, Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha (1.650.000 so‘mdan 3.300.000 so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lshi belgilangan.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i U.Navruzov