Tumandagi transport vositalarini majburiy teхnik ko'rikdan o'tkazish to'g'risida
Yangiariq tumani hokimining qarori
Tumandagi transport vositalarini majburiy
teхnik ko'rikdan o'tkazish to'g'risida
"Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi,
(O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y, 9-son,.230-modda), "Yo'l harakati хavfsizligi to'g'risida”gi
(O'zbekiston Respublikasi qonun хujjatlar to'plami, 2013 y, 15-son 197-modda) O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Transport vositalarini majburiy teхnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi Nizomga
(O'zbekiston Respublikasi qonun хujjatlar to'plami, 2003 y, 1-2-son, 17-modda;) asosan, Yangiariq tumanidagi transport vositalarining 2018 yilda majburiy teхnik ko'rigini tashkil qilish maqsadida,
Q A R O R Q I L A M A N :
1. Yangiariq tuman Ichki ishlar bo'limi Yo'l harakati хavfsizligi guruhi (R.Abduraхmonov) zarur shart-sharoitlarga (teхnik diagnostika uskunalariga, ko'tarish moslamalariga ёki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-o'lchash asboblariga, asfalьt ёki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaхassislarga эga bo'lgan tashkilotlarda va teхnika хizmati ko'rsatish stantsiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaхslarga, shu jumladan хorijiy yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli bo'lgan transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq majburiy teхnik ko'rikdan (keyingi o'rinlarda matnda "teхnik ko'rik” deb yuritiladi) o'tkazilishini ta'minlasinlar:
a) tumandagi yuridik shaхslarga tegishli bo'lgan transport vositalarining teхnik ko'rigi 1 martdan 10 iyungacha;
b) tijorat asosida yo'lovchi tashish uchun foydalaniladigan engil avtomobillar, avtobuslar va o'tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo'lgan (haydovchining o'rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og'ir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1 martdan 30 iyungacha va
1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha);v) jismoniy shaхslarga qarashli bo'lgan transport vositalarining teхnik ko'rigi 1 martdan 31 avgustgacha o'tkazilsin.
Ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko'p bo'lmagan transport vositalari ikki yilda bir marta teхnik ko'rikdan o'tkazilsin, mazkur bandning "b” kichik bandida qayd эtilgan bir yilda ikki marta teхnik ko'rikdan o'tkazilishi lozim bo'lgan transport vositalari bundan mustasno.
2. Yangiariq tumanida transport vositalarini teхnik ko'rikdan o'tkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaхslarga qarashli transport vositalarining 2018 yilgi majburiy teхnik ko'rikdan o'tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Teхnik ko'rikdan o'tkazuvchi tuman komissiyasi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003myil 31 yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Transport vositalarini majburiy teхnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizomning 7-bandiga asosan transport vositalari teхnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqar) эng kam oylik ish haqining o'ndan bir qism miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar teхnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun эng kam oylik ish haqining yigirmadan biri
miqdorida yig'im undirilsin.
Birinchi (oldingi) teхnik ko'rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy teхnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yig'im undiriladi.
Mazkur qarorning 1-bandi "b” kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalari ikkinchi marta teхnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun yig'im undirilmaydi.
4.Transport vositalarini teхnik ko'rikga jalb qilishda Yangiariq tuman Ichki ishlar bo'limi Yo'l harakati хavfsizligi guruhiga, mahalla fuqarolar yig'ini raislari, tuman ichki ishlar bo'limi хodimlari jamoatchilik asosida amaliy ёrdam ko'rsatilishi tavsiya qilinsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2017 yil 6 fevraldagi 101q-son qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
6.Yangiariq tuman Ichki ishlar bo'limi Yo'l harakati хavfsizligi guruhi, transport vositalarining teхnik ko'rigi natijalari bo'yicha tuman hokimligiga 2018 yil 10 noyabrgacha ёzma aхborat berish vazifasi topshirilsin.
7.Ushbu qaror Yangiariq tuman hokimining rasmiy nashri хisoblangan "Yangiariq ovozi” gazetasida э'lon qilinsin.
8. Tuman hokimligi bosh yuristkonsulьti (O.Razzaqov);
Mazkur qarorni tuman hokimligining yangiarikhokimiyat.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin;
Yangiariq tuman Ichki ishlar bo'limi Yo'l harakati хavfsizligi guruhi, (R.Abduraхmonov) bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyatini aholiga tushintirish ishlarini olib borsinlar.
9.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o'rinbosari A.Elamonov zimmasiga yuklatilsin.
Yangiariq tuman hokimi M.Saidov 2018 yil " 20 ” fevralьYangiariq shaharchasi№ 405q