Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sakson yettinchi sessiyasi
Yangiariq tumani hokimining
QARORI
2023-yil 31-yanvar 38-12-179-Q/23 Yangiariq tuman hokimligi
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sakson yettinchi sessiyasi
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 17- moddasiga asosan
QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sakson yettinchi sessiyasi 2023-yil 1-fevral kuni soat 12:00 ga chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi sessiyasining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1) Tuman mahalliy budjetining 2023-yil 1-yanvar holatiga qolgan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
2) 2023-yilda Yangiariq tumani hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash orqali past toifadagi hududlarni yuqori toifaga ko‘tarish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
3) Tumandagi samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim fermer xo‘jaliklarining yerlarini tuman zaxirasiga qaytarish to‘g‘risida;
3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va soha rahbarlari xalq deputatlari tuman Kengashining sakson yettinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalarni to‘g‘ri va sifatli qilib tayyorlasin hamda Kengash kotibiyatiga o‘z muddatida taqdim etsin.
4. Sessiyaga tuman hokimining o‘rinbosari O.Saidov, kun tartibidagi masalalarga taalluqli tuman tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilsin.
5. Ushbu qaror Yangiariq tumani hokimligining rasmiy veb sayti va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinsin.
Yangiariq tumani hokimi v.b A.Davletov