Ostona qishlog‘ida joylashgan "Shayx Muxtor Vali” ziyoratgoxi
Ostona qishlog‘ida joylashgan "Shayx Muxtor Vali” ziyoratgoxi milodiy XIII-XIV asrlarga xos tarixiy yodgorlik hisoblanadi.
Shayx Muxtor Vali maqbarasi 1820-1825 yillarda Xiva xoni Muhammad Raximxon I hukmronligi davri (1806-1825 yy) da bunyod etilgan. Uning hukumronligi davrida yangi bir ustunli ayvon va qorixona qurilgan. Maqbara 1840 yilda qayta ta’mirlangan va 1975, 1991, 1997, 2011 yillarda restavratsiya qilingan.
Xivalik mashhur polvon Paxlavon Mahmud ham Shayx Muxtor Valini o‘ziga ustoz deb hurmat qilgan va o‘z asarlarida yozib qoldirgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimizning ma’naviy va madaniy me’rosi qayta tiklandi. Hozirda Hazrati Shayx Muxtor Valinining maqbarasini ziyorat qilishga O‘zbekistonnning turli viloyatlari va Turkmaniston Respublikasidan ham ziyoratchilar tashrif buyuradi.