Haj va Umra ziyoratiga borish tartibi
Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan fuqarolar avvalo yashab turgan qishloq fuqarolar yig'iniga (tumanlar hududida) yoki mahalla fuqarolar yig'inlarining raislariga «Haj ziyoratiga boruvchi nomzodlar navbat daftari»da navbatga turish uchun ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Ariza QFY (MFY) raisi nomiga yozilib, unda fuqaroning pasport nusxasi ilova qilinadi.
Shuningdek, ziyoratchilar qo'yidagi talablarga javob berishlari kerak:A) salomatligi;
B) to'lov qobiliyati;
V) yoshining mutanosibligi (35 yoshdan 75 yoshgacha)
G) navbati kelganligi;
D) QFY yoki MFYda ziyoratga ma'naviy tayyorgarligi;
E) 46 yoshdan kichik ayollar uchun mahramning borligi.
2. Umra ziyoratiga borish istagini bildirgan fuqarolar viloyat Haj va Umra markaziga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Haj ziyoratiga borish uchun topshiriladihan ariza namunasi Umra ziyoratiga borish uchun topshiriladihan ariza namunasiInteraktiv davlat xizmati reglamenti Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (30,5 KB)