Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-oktyabr 2018, 10:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari  Sayt uchun mas'ul xodim

Keksalarga sovg'a

5-01-2018, 00:35

Yangiariq tumanida ham iqtisodiy islohotlar, qurilish va obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Birgina o‘tgan 2014 yilda tumanda qator ijtimoiy – iqtisodiy ob’ektlar qurilib ishga tushirildi. Kattabog‘ qishlog‘ida 100 ming bosh parrandaga mo‘ljallangan Yangiariq Parrandachilik majmuasi, tuman Madaniyat va sport ishlarining yangi  binosi,  tuman Markaziy o‘yingohi shular jumlasidandir.
Yaqinda Pensiya jamg‘armasi Yangiariq tuman bo‘limining yangi binosi qurib bitkazildi. Ochilish tantanalarida so‘zga chiqqan viloyat va tuman faollari, jamoatchilik vakillari quruvchilarning bu sovg‘asi Prezidentimiz tomonidan "Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilingan yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy ahamiyati katta loyihalardan biridir, deb ta’kidladilar. Haqiqatan ham,  yoshi ulug‘ insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. 
Binoni tiklash va jihozlash ishlariga markazlashgan investitsiya dasturi doirasida 742 mln so‘m sarflandi. Endi bu yerda Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limining 14 nafar xodimi  tumandagi o‘n mingga yaqin pensiya va nafaqa oluvchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Ta’kidlash kerak-ki, keyingi yillarda Pensiya jamg‘armasining Xiva, Yangibozor, Urganch, Gurlan va Xonqa tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari uchun yangi binolar qurilib ishga tushirildi. Shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jamg‘armaning Bog‘ot,  Qo‘shko‘pir va Xazorasp tuman bo‘limi binolari to‘liq qayta ta’mirlandi. 
         Tizimga zamonaviy AKT texnologiyalari joriy qilingan. 

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Onlayn qabulxona




Murojaat qilish

Jami murojaatlar soni: 1
Yopilgan murojaatlar: 1
O'rganib chiqilmoqda: 0 (0%)

So'rovnoma

Sizga qaysi turdagi ma'lumotlar muhimroq?


«    мая 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031