Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-oktyabr 2018, 10:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari  Sayt uchun mas'ul xodim

2018 yilgi davlat dasturi aholi fikri hisobga olingan holda qabul qilinadi

5-01-2018, 00:30

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” yilida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishni imzoladi.

Hujjat bilan prezidentning davlat maslahatchisi Otabek Murodov boshchiligida dastur loyihasini tayyorlash bo'yicha jamlovchi ishchi guruhi tashkil etildi. Unga 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishni tanqidiy tahlildan o'tkazish, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, jamoatchilik, milliy va xalqaro ekspertlar fikrini o'rganish natijalarini jamlash vazifasi topshirildi.

Dastur loyihasi 2018 yilning 5 yanvariga qadar tayyor bo'lishi kerak, so'ng 5-15 yanvar kunlari loyihaning keng jamoatchilik muhokamasi o'tkaziladi. Ushbu muhokama natijalari va kelib tushgan takliflar tahlili asosida 20 yanvar kuniga qadar davlat dasturining yakuniy loyihasi tayyorlanadi. 

Prezident davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga alohida e`tibor qaratish haqida ko'rsatma berdi: 

- davlat dasturi "Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan siyosatning mantiqiy davomiga aylanishi lozim;
- dasturda "xalq qonunlarning yagona manbasi va muallifi hisoblanadi”, "mamlakat hayotiga taalluqli muhim qarorlar xalq bilan muloqot, jamoatchilik fikri e`tiborga olingan holda qabul qilinadi” prinsiplarini amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar aks etishi kerak;
- amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan tadbirlar xalq bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot natijalariga asoslangan bo'lishi, shuningdek aholining keng qatlamini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarga yechim topishni, ijtimoiy va davlat hayotining barcha sohalaridagi vaziyatni tubdan yaxshilash bo'yicha amaliy qadamlarni nazarda tutishi lozim;
- keng ko'lamli islohotlar va o'zgarishlar, birinchi navbatda, odamlar farovonligini uzoq kelajakda emas, balki qisqa muddatda yaxshilashga va ularning har kunlik hayotida aks etishiga yo'naltirilishi lozim;
- davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini yangi sharoitlarda tubdan takomillashtirish hamda keng rivojlantirish fuqarolar ehtiyojlarini qanoatlantirishni ta`minlovchi ustuvor yo'nalish bo'lishi kerak;
- o'sib borayotgan global raqobat sharoitlarida iqtisodiy farovonlik innovatsion rivojlanish modeliga o'tish hisobidan ta`minlanishi, hayotga innovatsiyalar, yangi texnologiyalarni faol joriy etish, shuningdek ilg'or, zamonaviy fikrlovchi, tashabbuskor fuqarolar va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash orqali amalga oshishi kerak;
- ishlab chiqilayotgan tadbirlar aniq natijaga qaratilgan bo'lishi, aniq maqsadlar va amalga oshirish mexanizmlariga ega bo'lishi, shuningdek boshqa dasturlar doirasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan o'zaro bog'langan bo'lishi kerak.


скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Onlayn qabulxona




Murojaat qilish

Jami murojaatlar soni: 1
Yopilgan murojaatlar: 1
O'rganib chiqilmoqda: 0 (0%)

So'rovnoma

Sizga qaysi turdagi ma'lumotlar muhimroq?


«    мая 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031