Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-oktyabr 2018, 10:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari  Sayt uchun mas'ul xodim

Yangi korxona ish boshladi

5-01-2018, 15:48


Yangi yil bayrami arafasida ana shu loyihalardan biri – plastik idishlar va sig‘imlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona ish boshladi.Umumiy qiymati 7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi "O‘zbekneftegaz” AJ ta’sischiligida barpo etilgan bo‘lib, yiliga 2,5 ming tonna polietilen va polipropilen granulalarini qayta ishlash quvvatiga ega.

-Korxonamizda ishlab chiqariladigan plastmassa yashiklar,chiqindilar uchun maxsus konteynerlar,plastik poddonlar va suyuqliklar uchun xar xil sig‘imli idishlarga ichki va tashqi bozorda talab juda katta,-deydi "Yangiariq plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Jahongir Abdurahmonov.-Ayniqsa viloyatda etishtirilayotgan meva-sabzavotlarni eksport qilishda qadoqlash vositasi sifatida mahsulotlarimiz juda qo‘l keladi.Chunki plastmassa idishlarimizning chidamliligi yuqori va vazni engil bo‘lib,faqat bir tomonga ortish uchun mo‘ljallangan.Bu esa eksportga jo‘natilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxi oshib ketmasligiga imkoniyat yaratadi.Loyihaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, polietilen va polipropilen granulalarining mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgani natijasida xom-ashyo ta’minotida uzilishlar, muammolar bo‘lmaydi.

120 nafar yosh mutaxassis bandligi ta’minlangan korxonada ishchi-xizmatchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Loyihaning ikkinchi navbati ishga tushgach ish o‘rinlari soni, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi va turi yanada ortadi.


скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Onlayn qabulxona




Murojaat qilish

Jami murojaatlar soni: 1
Yopilgan murojaatlar: 1
O'rganib chiqilmoqda: 0 (0%)

So'rovnoma

Sizga qaysi turdagi ma'lumotlar muhimroq?


«    мая 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031