DataLife Engine / Yangiariq tumanining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida

Yangiariq tumanining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida

                          2020 yil “ 31 ” dekabr                      № 32/109                Yangiariq tumani
                     


 


                           Yangiariq tumanining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida


 


O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq,
2021 yil uchun Yangiariq tuman mahalliy byudjetini qabul qilish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi


 


QAROR QILADI:



  1. O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2020 yil 31 dekabrdagi “Xorazm viloyati 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №21-82-sonli qaroriga muvofiq,
    2021 yilgi Yangiariq tumani mahalliy byudjetiga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfert 42820, 5 mln so‘m miqdorida tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Qonunning 12-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni hamda byudjetlararo transfertlarni taqsimlash vakolatidan kelib chiqib, 2021 yilda:


a) Quyidagi soliq turlari shahar va tuman byudjetlariga to‘liq o‘tkazib beriladi:



b) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar viloyat byudjeti hamda shahar va tuman byudjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:



v) Viloyatning viloyat byudjetiga quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘liq o‘tkaziladi:




  1. 2021 yilgi viloyatning yalpi hududiy mahsulot bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilova ma’lumot uchun qabul qilinsin, hamda 2021 yil uchun tumanning tuman byudjeti daromadlar prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

  2. Tumanning tuman byudjetidan 2021 yilgi hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  3. Tuman va shahar byudjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me’yorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, ajratma meyorlari bo‘yicha tuman mahalliy byudjetlarining taqsimotini o‘rnatilgan tartibda tuman G‘aznachilik bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.

  4. 2021 yil uchun tuman byudjetlari daromadlar va xarajatlar prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  5. Tuman byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Bunda, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini tuman byudjeti daromadlari prognozi ijrosidan qat’iy nazar kamaytirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilansin.



  1. 2021 yil uchun Yangiariq tuman byudjeti zahira jamg‘armasi hajmlari 3  mln.so‘m miqdorida belgilansin.


Tuman hokimliklari zahira jamg‘armalari mablag‘larini tuman byudjetlarida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi ta’minlansin.



  1. 2021 yil uchun tuman byudjetining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lari miqdori 7-ilovaga muvofiq belgilansin.

  2. Tuman byudjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar tegishli ravishda xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tuman hokimligining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish maqsadida qabul qilinishi belgilansin.

  3. Tuman hokimligi, choraklar yakuni bo‘yicha mazkur qarorning  5-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari hokimliklarning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, Viloyat hokimiyatiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan takliflari bilan birga kiritilgan murojaatiga asosan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yoki xarajatlarni maqbullashtirish takliflarini kiritadi.


Tuman hokimligi, Qonunning 6-ilovasida ko‘rsatilgan prognoz ko‘rsatkichlari mahalliy hokimiyatning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan takliflar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan tuman Kengashi murojaatini tayyorlasin.



  1. Tuman hokimligi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan mablag‘lar tegishliligi bo‘yicha ushbu mahalliy byudjetlarning ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha manba hisobidan amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yilsin.

  2. Tuman hokimligi:


tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirsin;


har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar rasmiy veb-saytlarga o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablag‘lar taqsimotini, moliyaviy hisobotlarni, kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosini, o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolari va davlat xaridlari hamda boshqa tegishli ma’lumotlarni joylashtirsin;


mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlarini 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni, veb-saytlariga ularning natijalarini joylashtirsin.



  1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat viloyatlar, tuman (shahar) mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

  2. Tuman hokimi byudjet daromadlari va xarajatlarining ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur
    chora-tadbirlar ko‘rish va byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatishi va xalq deputatlari tuman Kengashlariga yilning xar choragida hisobot berib borsin.

  3. Tuman hokimligi Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.

  4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i zimmasiga yuklatilsin.


 


 


              Xalq deputatlari Yangiariq tuman


              kengashi deputati sessiya  raisi                                                B.Abdullaev

6-01-2021, 11:02
Вернуться назад