Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-oktyabr 2018, 10:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari  Sayt uchun mas'ul xodim

Tarixiy ma'lumotnoma

6-01-2018, 12:34

Yangiariq


Yangiariq tumani Xorazm viloyatining janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, 1926 yil 29 sentyabrda asos solingan. Tumanning umumiy er maydoni 403 kv.km bo‘lib, viloyat hududining 6.6 foizini tashkil qiladi. Yangiariq tumani g‘arb tomondan Xiva tumani bilan, shimol tomondan Xonqa tumani bilan, sharq tomondan Bog‘ot tumani bilan va janub tomonidan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Tuman markazidan viloyat markazigacha bo‘lgan masofa 25 km.ni tashkil qiladi.

Mavjud aholi soni 2015 yil 1 yanvar holatiga 106208 nafar kishiga teng bo‘lib, aholi zichligi 1 kv.kmga 379 kishidan to‘g‘ri keladi. Aholining  12.6 foizi tuman markazi (shaharcha) da, 87.4 foizi qishloqlarda yashaydi.

Tuman geografik o‘rniga ko‘ra 400-310 shimoliy kengliklar, 600-620 sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Tumanning eng shimoliy nuqtasi "Qarmish” qishlog‘i "SHerobod” aholi yashash punkti, eng janubiy chekka nuqtasi esa, "CHiqirchi” qishlog‘i "SHo‘r ko‘li”ga to‘g‘ri keladi. Tuman dengiz sathidan   120-150 metrgacha balandlikda joylashgan.

Tumanning shimoliy va sharqiy tomonlarida tabiiy to‘siqlari yo‘qligi, arktikadan va sibirdan sovuq havo massalarining bemalol kirib kelishiga sharoit yaratadi. SHu sababli, tumanni iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 780 ga teng. Tuman hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli, yoz kunlari harorat 430-45Sdarajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -300-33S sovuqni tashkil etadi

Yangiariq tumaning ma’muriy hududiy tuzilishi bo‘yicha 1 ta shaharcha,8 ta qishloqqa ajratiladi. Bular o‘z navbatida  41 ta aholi punkti va  46 ta mahallalarga bo‘linadi.

 

       Tumanning jami yer maydonining 40.3 % maydonida dexqonchilik qilinadi, 4.0 %  maydon ko‘p yillik daraxtzorlar,  0.1 % bo‘z yerlar,  17.5 % suv osti yerlari,  1.7%  yo‘llar,  1.6 %i ijtimoiy hovli, ko‘cha va maydon yullari, 1.2 % ijtimoiy binolar, 18.0 %i qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshka yerlardan iborat.

    Tumanda 26142 o‘rinli 40 ta maktab, 2427 o‘rinli 6 ta kollej, 15 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 31 ta kutubxonalar, 2 ta stadion,  1 ta markaziy kasalxona, 10 ta qishloq vrachlik pnktlari, 6 ta masjidlar mavjud.

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Onlayn qabulxona




Murojaat qilish

Jami murojaatlar soni: 1
Yopilgan murojaatlar: 1
O'rganib chiqilmoqda: 0 (0%)

So'rovnoma

Sizga qaysi turdagi ma'lumotlar muhimroq?


«    мая 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031