Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-oktyabr 2018, 10:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari  Sayt uchun mas'ul xodim

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish

15-01-2018, 13:47

Tuman hokimligi apparatida fuqarolarning takliflari,arizalari vas hikoyatlari bilan

ishlashni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi

 

N I Z O M

 

I.Umumiy qoidalar

 

1. Tuman hokimligi apparatida fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlaribilan ishlashni tashkil etilishida barcha mas’ul xodimlar "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablaridan kelib chiqqan holda o‘z xizmat vazifalarini sifatli va belgilangan muddatda bajarishlarini ta’minlashlari lozim.

2. Fuqarolarning murojaatlari bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va uning ahvoli uchun mas’uliyat tuman hokimi o‘rinbosarlari kotibiyatlari mudirlari, guruhlar raxbarlari zimmasiga yuklanadi.

Ushbu tartiblarga rioya etilishini nazorat qilish va apparat xodimlariga metodik yordam berish vazifasi xokimlikning fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha mas’ul xodimi zimmasiga yuklanadi.

3. "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq murojaatlarda fuqaroning familiyasi, (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, ariza, taklifyoki shikoyatning mohiyatini bayon qilingan bo‘lishi kerak.

Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo‘lishi lozim Murojaatga shaxsiy imzo qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda bu murojaatlar uni yozgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo‘yiladi.

Fuqarolarning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u xaqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar haqqoniy emas deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

4.Yozma murojaatlar matniga biron-bir belgi qo‘yish, yozish va tuzatishlarqilish, alohida zarurat bo‘lmagan holda binodan tashqariga olib chiqish ta’qiqlanadi.

Murojaatnio‘rganishuchun topshirilgan apparat xodimlari uni belgilangan muddatda to‘liq ko‘rib chiqilishi, nazoratdan tushirilishi uchun javobgar bo‘ladilar.


II.Murojaatlarni qabul qilib olish,

ro‘yxatdan o‘tkazishva taqsimlash tartibi

 

1.Hokim qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar ro‘yxatda o‘tkaziladi.

2.Yozma murojaatlar bevosita komplekslar rahbariga kelib tushgan taqdirda ular ro‘yxftdan o‘tkazish uchun murojaatlar bo‘yicha mas’ul xodimga topshirilishi kerak.

3.Hokim o‘rinbosarlari, kotibiyatmudirlari va guruhlar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq murojaatlar taalluqli komplekslarga yuboriladi.

4. Hokimyokihokim o‘rinbosarlarining topshirig‘i bo‘yicha murojaatlar ko‘rsatilgan korxona, tashkilot, uyushmalar rahbarlariga, belgilanganmuddatda etkaziladi. Javob qaytarishni, taklif kiritishni talab qiluvchi topshiriqlar berilgan murojaatlar ijro muddatlari bo‘yicha ariza va shikoyatlar bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan nazoratga olinadi.

5. Topshiriqlar va o‘rtaga qo‘yilgan masalalar ijrosining sifatini tegishli tarmoq kompleksning xizmat vazifalariga muvofiq shunday vazifa yuklangan xodim nazorat qiladi.

Ariza va shikoyatlar hokim o‘rinbosarlari kotibiyatidan boshqasiga ariza va shikoyatlar bo‘yicha ma’sul hodim orqali o‘tkaziladi.

 

III. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.

 

1. Fuqarolarning takliflari kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.

Murojaatlar mohiyatan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga tushgan kundan e’tiboran bir oycha muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan murojaatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun o‘rganish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda murojaat qilgan shaxsga ma’lum qilinadi.

2. Bir qancha komplekslarga topshirilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida rezolyutsiyada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan kompleks ishlarni muvofiqlashtiradi va tekshirish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnomani tayyorlaydi, o‘rganishda qatnashgan barcha ijrochilar ma’lumotnomaga imzo qo‘yadilar.

3. Fuqarolarning ariza va shikoyatlari, ular yuzasidan topshiriq bergan shaxslar tomonidan nazoratdan chiqariladi.

4. Nazoratga olingan murojaatda ko‘tarilgan masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, qabul qilingan qaror haqida arizachiga xabar berilgandan keyin uni ko‘rib chiqish tugallangan hisoblanadi.

5. O‘rganish bo‘yicha nihoyasiga etkazilgan murojaatlarning ijrochilarda saqlanishi taqiqlanadi.

Ijrochi tomonidan nazoratdan chiqarilgan arizaga yig‘ma jild rasmiylashtiriladi va murojaatlar bo‘yicha mas’ul hodimga topshiriladi.

Bitta masala bo‘yicha bir necha marotaba qilingan murojaatlar yuzasidan ilgari asoslangan javoblar berilgan hollarda viloyat hokimligi tarkibiy bo‘linmalarining raxbarlari mazkur masala bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish, huquqiga ega va bu haqda fuqarolarga ma’lum qilinadi.

 

IV. Viloyat hokimligida fuqarolarni qabul qilish tartibi

 

1.Viloyat hokimi qabulxonasida fuqarolarni hur kuni ertalab soat 9.00 dan kech soat 18.00 gacha, shanba kunlari soat 9.00 dan 13.00 gacha qabul qilinadilar (shanba- yakshanba dam olish kuni kechiktirib bo‘lmaydigan murojaatlar navbatchi tomonidan qabul qilinadi).

2.Fuqarolarni tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari, kotibiyatlar va guruhlar raxbarlari, mas’ul xodimlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq qabul qiladilar.

Ayrim hollarda fuqarolarni qabul qilishga taalluqligi bo‘yicha idora, tashkilotlar raxbarlari, hokimliklar raxbar xodimlari taklif etilishi mumkin.

3.Fuqarolar hokim qabulxonasida qabul qilinadilar. Arizago‘ylarni yo‘laklarda, binoga kirish joylarida qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.

4.Keluvchilar qabulini hisobga olish varaqlarini murojaatlar bo‘yicha mas’ul hodim to‘ldiradi. Varaqda qabulga kelgan fuqaroning familiyasi, ism-sharifi, ish va yashash joyi, shuningdek murojaatning qisqacha mazmuni ko‘rsatiladi.

5.Hokim va hokim o‘rinbosarlarining qabuliga kelganlarni murojaatlar bo‘yicha mas’ul xodim oldindan ro‘yxatga yozib qo‘yadi va jadval asosida qabulni tashkil etadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlarning ijrosini nazorat qiladi.

6.Qabul tugugandan keyin qabul qiluvchi hodim masalani ko‘rib chiqish natijalarini varaqda aks ettirish yoki bundan keyin uni hal qilish kimga topshirilganligini ko‘rsatishi va varaqni qabulxona mas’ul hodimiga qaytarishi shart.

7.Murojaatlar bo‘yicha mas’ul hodim og‘zaki murojaatlarning soni va mazmuni to‘g‘risida, ularning ijrchilar tomonidan ko‘rib chiqilishi, muddatlarga rioya etilishi haqida rahbariyatga axborot berib turadi.

 

V. Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha olib borilgan

ishlarni nazorat qilish.

 

Hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari va guruh raxbarlari fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini holatini muntazam ravishda tekshirib borishlari, fuqarolarning takroriy murojaatlarini keltirib chiqaradigan qonuniy huquq va majburiyatlari buzilishi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.


VI. Murojaatlarga javob berish muddatlari va tartibi buzilganligi yuzasidan javobgarlik.


1. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning belgilangan tartibining buzilishi, fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqishning noqonuniy ravishda rad etilishi fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi mansabdor shaxslarga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinishi aybdor shaxslarni amaldagi hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

YIDXP orqali "Fuqarolar murojaatini ko‘rib chiqish" xizmatidan foydalanish

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Onlayn qabulxona




Murojaat qilish

Jami murojaatlar soni: 1
Yopilgan murojaatlar: 1
O'rganib chiqilmoqda: 0 (0%)

So'rovnoma

Sizga qaysi turdagi ma'lumotlar muhimroq?


«    мая 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031