Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-oktyabr 2018, 10:21
 Bosh sahifa  Mobile versiya  RSS xabarlari  Sayt uchun mas'ul xodim

Haj va Umra ziyoratlari

7-01-2018, 14:06

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Haj safariga nomzodlarni tanlashda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, shuningdek, hajga boruvchilarni saralash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.O. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017 yil 28 dekabr,

1031-son

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1031-son qaroriga 
ILOVA

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 10-bandda:

a) quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar qo‘shilsin:

«Haj» tadbiriga borishga nomzodlarni saralash ishlarini Haj mavsumidan kamida besh oy avval boshlashni tashkil etish;

«Haj» tadbiriga borishga nomzodlarni saralashni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini hamda ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilinishini ta’minlash;

ziyoratchilarning to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash;

jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda hamda mahallalardagi yo‘ldan adashganlarni sog‘lom e’tiqodga qaytarishda alohida namuna ko‘rsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga borishiga tavsiya berish»;

b) ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. Quyidagi mazmundagi 141-band qo‘shilsin:

««Haj» tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi).

Ishchi guruh tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tuman bosh imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi vakillari kiritiladi».

3. 15-banddagi«hay’atlar va tashkiliy guruhlar» so‘zlari «hay’atlar, tashkiliy guruhlar va ishchi guruhlar» so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Quyidagi mazmundagi 281— 283-bandlar qo‘shilsin:

«281. «Haj» tadbiriga borishga nomzodlar navbatga qo‘yilishidan avval ushbu Nizomning 282-bandida nazarda tutilgan talablar asosida ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi va saralanadi.

Buning uchun fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan nomzodlarning alohida ro‘yxati shakllantiriladi. Nomzodlarga ular suhbatdan o‘tkazish va saralash uchun ro‘yxatga qo‘shilganligi hamda suhbatdan o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ining raisi tomonidan xabar beriladi.

Ishchi guruh har oyning 5 sanasidan kech bo‘lmagan muddatda shakllangan ro‘yxat asosida «Haj» tadbiriga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qo‘yish uchun nomzodlarni suhbatdan o‘tkazadi va saralaydi.

282. «Haj» tadbiriga borishga navbatga qo‘yiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) nomzod moddiy va jismoniy jihatdan «Haj» tadbiriga qodir bo‘lishi;

b) «Haj» amallarini to‘g‘ri va to‘la-to‘kis ado etishi uchun etarli diniy bilimga ega bo‘lishi;

v) nomzod ma’naviyati, ma’rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi;

g) oilasidagi muhitning sog‘lomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda ibrat bo‘la olishi;

d) yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishi, mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi;

e) ushbu Nizomning 46-bandi talablariga javob berishi.

283. Saralash natijasiga ko‘ra «Haj» tadbiriga borishga navbatga qo‘yiladigan nomzodlar ro‘yxati tegishli hududdagi masjid va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida e’lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

Jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif yoki e’tirozlar ishchi guruh tomonidan 5 kun muddatda ko‘rib chiqiladi va tekshiriladi.

Ishchi guruh jamoatchilik fikri asosida fuqaroni «Haj» tadbiriga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qo‘yish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 kun muddatda tavsiya beradi».

5. 46-bandda:

a) ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

««Haj» tadbiriga bormoqchi bo‘lgan fuqaro «Haj» tadbiriga bormagan bo‘lishi;

«Umra» tadbiriga bormoqchi bo‘lgan fuqaro so‘nggi ikki yil mobaynida «Umra» yoki so‘nggi besh yil mobaynida «Haj» tadbiriga bormagan bo‘lishi»;

b)uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.

6. Nizomga 1-ilovaningmatni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Onlayn qabulxona




Murojaat qilish

Jami murojaatlar soni: 1
Yopilgan murojaatlar: 1
O'rganib chiqilmoqda: 0 (0%)

So'rovnoma

Sizga qaysi turdagi ma'lumotlar muhimroq?


«    мая 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031